Mutlaqo haqiqat boʻlgan narsalardan qanday qilib yolgʻon yasashni bilasizmi? Bunday manipulyatsiyaning eng keng tarqalgan usuli oʻtgan asrning 20-yillarida Rossiyada kashf etilgan va uni kashf etgan shaxsning familiyasi bilan atalgan (uni barchangiz bir necha bor eshitganingiz aniq) effektga asoslangan. Ushbu effektni isbotlovchi tajriba uchun tadqiqotchiga, jumladan, bir tarelka shoʻrva, jasadli tobut va qoʻgʻirchoq ushlagan shirin bola kerak boʻlgan. Bu qanday usul?