Inglizcha-ruscha lugʻatda "curfew" soʻzi uchta maʼnoga ega. Ulardan biri — oqshom qoʻngʻirogʻi, chiroqni oʻchirish signali, ikkinchisi — olovni oʻchirish uchun qopqoqcha. Uchinchi maʼno sifatida lugʻatda maʼlum bir soʻz birikmasi koʻrsatilgan. Ushbu soʻz birikmasiga bevosita aloqador boʻlgan lavozim "Kapitan qizi"da ham, "Graf Monte-Kristo"da ham, "Parij Bibi Maryam ibodatxonasi"da ham tilga olinadi. Tilga olingan soʻz birikmasini ayting.