Chingiz Aytmatovning “Chingizxonning oq buluti” asarida yovuz Chingizxonning gʻarbga yurishi bayon etilgan. Unda aytilishicha, moʻgʻullar qoʻshinida faqat IKS vazifani bajarish uchun ikki oʻrkachli juda katta maxsus tuyalar ham olib yurilgan. 2023-yili Jizzax viloyatidagi sayyohlik zonasida Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan 133 mlrd soʻmlik loyiha haqidagi yangilik sarlavhasida ham IKS soʻzini uchratish mumkin. Savol: IKSni bir soʻzda yozib bering.