Mutaxassislar yangi tovush tashuvchilarga — CD va DVD disklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishadi. Ularning fikricha, CD va DVD maʼlumotlarni uzoq muddatli saqlashda yetarli darajada ishonchlilikni hali koʻrsatmagan. Vinil va shellakdan tayyorlangan disklar esa yuz yildan ortiq vaqt davomida yozuvlarni sifatini buzmasdan aʼlo darajada saqlashi mumkinligini isbotladi. Toʻgʻri, bir shart bilan... Qaysi shart bilan?