Bu taomni tayorlashda, pazandalikka bagʻishlangan ijtimoiy tarmoqlardan birida resept sifatida yarim litr suv, yarim litr sut, qirgʻichdan oʻtkazilgan sabzi, pishloq, uch osh qoshiq un kerakligi aytib oʻtiladi. Boshqa bir manbada esa timsoh, akula va kalxatni qoʻlga olishda aynan shu taom yordam bergani aytiladi. Diqqat savol: gap qaysi taom haqida ketayotganini bosh harflari bir xil boʻlgan ikki soʻzda yozib bering.