Ushbu so‘zning etimologiyasi haqida manbalarda Deni Didroning “Maktublar” asari qahramoni, XVIII asrda Parijda yashagan hozirjavob dorishunos, XVI Lyudovik saroyida yashagan va fransuz tilida yomon gapiradigan nemis grafi hamda italyan tilidagi “pero bilan hazillashish” iborasini uchratish mumkin. Mammadali Qipchoqning “So‘z olamiga sayohat” kitobida esa bu so‘zning ozarbayjon xalq etimologiyasi bilan tushuntirilishi ham qayd etilgan. Ushbu versiyani ilgari surganlar so‘zning kelib chiqishini ozarbayjon tilidagi “so‘z aylantirish” iborasi bilan bog‘laydilar. “So‘z aylantirish” bilan almashtirilgan iborani javob kartochkangizga yozing.