Bu soʻz qisqa vaqt, biroz, andak kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Erkin Vohidov bu soʻzning kelib chiqishini “pos” soʻzi bilan bogʻlagan, chunki “pos” soʻzi “kechaning sakkizdan biri” degan maʼnoni bildiradi. Navoiy asarlari lugʻatida esa “pos” soʻzi “lahza, daqiqa” maʼnolarida ishlatilgan. Orif Tolib bu soʻz haqidagi postida bu soʻzda “past” yoʻqligini aytadi. Savol: Qaysi soʻz haqida gap ketmoqda?