Bu shahar nomining kelib chiqishi qadimgi iber tilidagi “Barkeno” soʻziga borib taqaladi. Boshqa versiyaga koʻra esa, bu shahar shunday nom olishiga karfagenlik qoʻmondon Hamilqor Barqo sababchi ekan. Ushbu shahar Oʻrta Yer dengizi boʻyida, Fransiya chegarasidan 120 km, poytaxt Madriddan esa 540 km. uzoqlikda joylashgan. Savol: Shahar nomini yozib bering.