Qadimgi ekspeditsiyalardan birida boʻron paytida kemalar tarqalib ketadi va toʻqqizinchi kemani juda uzoq vaqt qidirishadi, lekin oxiri topishadi. Unchalik ishonchli boʻlmagan bir versiyaga koʻra, toʻqqizinchi kema halokatga uchragan joyda asos solingan Yevropa shahrining nomi kemani topgan odamlarning quvonchli hayqirigʻidan kelib chiqqan. 2009-yil 27-maydan 28-mayga oʻtar kechasi ushbu shahar koʻchalarida oʻn minglab odamlarning quvonchli hayqiriqlari yangradi. Bu shaharni ayting.