zakovatklubi.uz

Bu juftlik 2002-yilda film suratga olish maydonchasida tanishgan. Ularning munosabatlari haqida tabloidlarda shunchalik koʻp yozishardiki, hatto ular uchun alohida umumiy laqab oʻylab topishgan. Buning uchun shunchaki ikkalasining ismini birlashtirishgan. Ammo munosabatlar uzoqqa bormadi va 2004-yilda OAVning haddan ortiq eʼtibori, bosim sababli juftlik munosabatlarni toʻxtatishga qaror qiladi. Ammo 2021-yilda yana birlashishadi va ularning umumiy laqabi yana mediada tez-tez tilga olina boshlaydi. Savol: Xoh bu ikki yulduzning ismlarini, xoh ularning umumiy laqabini yozib bering.

Manba