Shu yilning fevral oyi boshida muxlislar dunyoga mashhur juftlikning muhabbati yakuniga yetgani haqidagi shov-shuvli xabardan hayratda qolishdi. Ular 1961-yilda suratga olish maydonchasida tanishishgan va oʻshandan beri biror marta ajralishmagan edi. Hozirgi ayriliq ikki yil oldingi Uning lezbiyanlikda ayblanishi bilan bogʻliqmi yoki yaqinda Uning orqasida tatuirovka paydo boʻlgani bilanmi, buni faqat taxmin qilish mumkin. Eng ishonchli manbalardan maʼlum boʻlishicha, U "juda ham turmushga chiqishni xohlaydi", Uni esa "bu narsa bezovta qiladi". Uni ismini ayting.