Savolda U soʻzi boshqa 2 soʻz bilan almashgan. U atamasi biron narsani qisman eslash, yoki toʻliq eslayotgandek hisni beruvchi jarayonga nisbatan ishlatiladi. Bu jarayonda odam bir nechta variantlarni eslashi yoki eslashga urinayotgan narsasining xususiyatlari yoki birinchi harfi miyasida aylanadi. Bu savolning javobi ham Unda qolib ketmaydi degan umiddamiz. Savol: U soʻzi bilan almashgan alifboda ketma-ket kelgan harflar bilan boshlanuvchi 2 soʻzni yozib bering