(Boshlovchi savol raqamini 21 deb oʻqiydi, keyin esa adashganini aytib, 20-savol deb toʻgʻirlaydi) “Tundaliklar” asarida yozilishicha, mumtoz obrazlar qancha chuqurroq oʻylasangiz, shuncha yangi maʼnolar kasb etib boraveradi. Bu mumtoz asar qahramonini adib oʻzbek xalqiga qiyoslaydi. Oʻzbek xalqi inqilob qildi, qonlar toʻkdi, kishilik qonunlarini buzdi, shariatga qarshi bordi. Oxirida peshonasi devorga urilganida iymon esiga tushdi. Diqqat savol: Asqad Muxtor bu holatda qaysi mashhur mumtoz asarni esga olgan?