Boshlovchi “Davom etamiz, 19-savol video savol boʻladi. Savoldan oʻqilishidan oldin va savoldan keyin video bir martadan qoʻyib beriladi, yaxshilab eshitishingizni soʻraymiz. Oldin va keyin qoʻyilishining savolga aloqasi yoʻq, shunchaki jamoalarga yordam sifatida qayta qoʻyiladi” deya eʼlon qilishi kerak. (EKRANDA VIDEO QOʻYILADI) Yaponiyadagi jang sanʼati maktabi joylagan ushbu video ostida eng koʻp layk yigʻgan izohlardan birida IKS yodga olingan. Podkastlardan birida mahsulotlar boʻyicha vitse-prezident Todd Yellin bir nechta variantlar orasidan nega aynan IKS tanlanganiga izoh berar ekan, shiddatli zamonaviy dunyoda odamlarga qisqalik yoqishini hamda tomoshabin saspensni kutishini aytadi. Diqqat, savol: IKSni 2 soʻzda yozib bering. (EKRANDA VIDEO YANA BIR BOR QOʻYILADI)