gotquestions.online

[Boshlovchiga: jamoalarni savollar 2 ta emas, 4 ta ekanligidan ogohlantirmang. «Duplet: har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol» degan muqaddimadan soʻng: «Diqqat, dupletning birinchi savoli» deb 1.1-savolni oʻqing. Muhokama boshlanganidan 10 soniya oʻtgach, yana: «Diqqat, dupletning birinchi savoli» deb 1.2-savolni oʻqing. Yana 10 soniyadan keyin yana dupletning birinchi savolini eʼlon qiling, 1.3-savolni oʻqing va yana 10 soniya vaqt belgilang. Shundan soʻng 2-savolni oʻqing. Uni muhokama qilish uchun jamoalarda 30 soniya boʻlishi kerak. Yaʼni jamoalar 10 s + 10 s + 10 s + 30 s muhokama qiladilar.] Duplet: har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol. 1.1. «Ikki uzoq notanish» filmi bosh qahramoni uyiga yetib olishga urinadi, ammo urinishlari besamar ketadi. The Guardian bu filmni UNING dahshatli versiyasi deb atadi. UNI ikki soʻz bilan ayting. 1.2. «Ikki uzoq notanish» filmi bosh qahramoni suhbatdoshining eʼtiborini hozir oʻpishmoqchi boʻlgan juftlikka va toʻsatdan yiqilib tushadigan skeyterga qaratadi. The Guardian bu filmni UNING dahshatli versiyasi deb atadi. UNI ikki soʻz bilan ayting. 1.3. «Ikki uzoq notanish» filmi bosh qahramoni oxir-oqibat tushunib yetadi: seni shunchaki oʻldirmoqchi boʻlishsa, nima deyishing yoki nima qilishingning ahamiyati yoʻq. The Guardian bu filmni UNING dahshatli versiyasi deb atadi. UNI ikki soʻz bilan ayting. 2. «Ikki uzoq notanish» filmi oxirida 65 kishilik roʻyxat paydo boʻladi, ularning birinchisi va oxirgisi USHBU ibora bilan mashhur. Ushbu iborani rus yoki ingliz tilida yozing.

Manba