Bobur Elmurodning sheʼrida lirik qahramon maktabga 10 soʻm olib borishi kerak, ammo sharoit yoʻq. Nazoratchi bu ahvolni biladi, ammo parvo qilmasdan pulni qistaydi. Shunda adabiyot muallimi bolaning ahvolini bilib qoladi va pulni bolaning sumkasiga solib, hech narsa bilmaganday turadi. Savol: Oʻsha kuni darsda oʻtilgan mavzu nomini ilmiy atama orqali yozib bering.