BLITS (Mavzu: SimCity oʻyinidagi real hayot bilan parallellar). Agar ishtirokchi shaharni 0 dan tiklashni istamasa, tayyor shaharni olishi mumkin, ammo maʼlum bir muammolari bilan birga qabul qiladi. Rio-de-Janeyroni 2047-yildagi holatda qabul qilib olsangiz, aholi UNING oqibatlaridan aziyat chekayotganiga guvoh boʻlasiz. Savol: Qaysi GLOBAL muammodan? || Tokioni 1961-yilgi holatda qabul qilsangiz, shahardagi koʻplab binolarni vayron qilingan holatda koʻrasiz. Savol: Bunga sababchi boʻlgan mavjudotni qoʻsh undoshli soʻz bilan yozib bering. || San-Fransiskoni 1906-yildagi holatda qabul qilib olsangiz, vayrona yoki muammolarni koʻrmaysiz. Ammo tez orada UNGA guvoh boʻlishingiz mumkin va shundan keyin siz uchun oʻyin chinakamiga boshlanadi. Savol: UNI dastlabki 3 harfi keyingi 3 harfi bilan bir xil boʻlgan 3 boʻgʻinli soʻzda yozib bering.