Blits. Mavzu: Mashhur oʻzbek otalari 1. Tursunov Ziyovuddin otasi haqida shunday deydi: Otamiz, ustozimiz butun umr insonlarga yaxshilik sogʻindilar, millatimizning gullab-yashnashini, musulmon ummatining maʼrifiy yuksalishini orzu qildilar, dinning, xalqning gʻami bilan yashadilar. Savol: 2018-yil 13-iyun kuni Toshkentda vafot etgan bu inson kim? || Javohir otasi haqida shunday deydi: Dadam yaxshi ota, yaxshi turmush oʻrtoq, yaxshi aktyor boʻlgan. Ular odam tanlamas, odamlarga qanday lavozim, qaysi millat vakili boʻlmasin bir xil munosabatda boʻlardilar. || Davronov Temur otasi haqida shunday deydi. Kitobga boʻlgan mehrim ham otamdan oʻtgan boʻlsa kerak. Ishonasizmi, yoʻqmi, 12-13 yoshimda ingliz adibasi Dodi Smitning “101 dolmatin” nomli gʻishtdek keladigan ertak romanini oʻzbek tiliga tarjima qildirganlar. Savol: 1952-yilda Samarqandda tugʻilgan, Oʻzbekiston xalq shoirining ismini yozib bering.
Anvar qori Tursunov || Jamshid Zokirov || Xurshid Davron