zakovatklubi.uz

Otaning oʻgʻliga vasiyatidan parchani tinglang. Sunniy va shia oʻrtasidagi janjallardan koʻzingizni yuming. Mamlakatning qalbini qoʻlga kiritaman desangiz, sigir soʻymoqdan oʻzingizni tiying. Bu yaxshiligingiz evaziga mamlakat xalqining qalbi sizga yaqin boʻladi. Savol: Vasiyat qilayotgan otani emas uning vasiyat qilinayotgan oʻgʻli kimligini yozib bering. || Savol matnida 1 soʻz ikki soʻz bilan almashtirilgan. Ruboiyni tinglang. Davlat bilan shod-u shodmon boʻlgʻaysen, Shavkat bilan mashhuri jahon boʻlgʻaysen! Koʻnglingdagidek dahr aro kom surib, Bu dahr borincha BAXT ULASHUVCHI boʻlgʻaysen. Savol: Ruboiy yozgan otani emas, ruboiy atalgan oʻgʻilni kimligini yozib bering. || 3. Savol muallifi hijriy 922-yilda hozirgi Afgʻoniston hududlarida tugʻilgan bu OʻGʻILNING otasidan harbiy taʼlim olgani haqida maʼlumot topa olmadi. Lekin maʼlumotlar orasida uning ham mahoratli shoir boʻlganligiga koʻzi tushdi. Savol: Otani emas oʻgʻilni kimligini yozib bering. 4. Shafiqa Yorqinning bizga maʼlum bir sulolaning oilada farzand tarbiyasi haqidagi maqolasida keltirilishicha ota bir maqsadda yurishlar qilgan payti oʻgʻil farzandlik boʻladi va oʻgʻliga irim qilib ism qoʻyadi. Savol: Irim qilgan otani emas oʻgʻlining kimligini yozib bering.

Manba