zakovatklubi.uz

Blis savollari. 3 ta savol oʻqiladi. Har bir savol muhokamasi uchun 20 sekunddan vaqt beriladi. Javoblar bitta blankka yozib topshiriladi.Qarshingizda Janubiy Kaliforniyada aniqlangan kuya kapalagining yangi turi boʻlib, tashqi koʻrinishi sababli unga bir inson nomi berilgan. Oʻsha inson ismini yozib bering. || Shimoliy Karolinada aniqlangan bu qoʻngʻiz turi tashqi koʻrinishi sabab ilk bor 1977 yilda koʻrinish bergan personaj sharafiga nomlangan. Personaj ismini yozib bering. || Hindistonda topilgan bu yangi oʻrgimchak turida GID fakulteti nomi uchraydi. Tushirib qoldirilgan harflarni topib fakultet nomini yozib bering.

Manba