BLITS. Har biri 20 soniyadan muhokama qilinadigan uchta savol. Uchala javobni bitta kartochkada topshirasiz. BLITS 1. Qora dengizda yashaydigan qisqichbaqa turlaridan birining vakillarini dengiz tubida payqash qiyin. Bu turga BIRINCHILAR nom bergan. Biz «BIRINCHI» soʻzi bilan nimani almashtirdik? BLITS 2. Koʻpgina restoranlarda Kamchatka qisqichbaqasiga buyurtma berganingizda, pichoq va vilkadan tashqari sizga maxsus IKKINCHILAR ham keltiriladi. Biz «IKKINCHI» soʻzi bilan qaysi soʻzni almashtirdik? BLITS 3. juravliki.ru saytida, boshqa maʼlumotlar qatori, UCHINCHIdan qanday qilib qisqichbaqa yasash haqida maʼlumot topish mumkin. Biz «UCHINCHI» soʻzi bilan nimani almashtirdik?