zakovatklubi.uz

Biz soʻramoqchi boʻlgan bu soʻzni ruscha soʻz deb oʻylaymiz. Lekin u asli sharqqa oid, yaʼni arabcha boʻlib, “maxzan” shakliga yaqin boʻlgan va boshqa tillarga koʻchgan. Eshqobil Shukurning “Bobosoʻz izidan” kitobida aytishicha, Alisher Navoiyning mashhur “Yigitlikda yigʻ ilmning maxzanin, Qarilik chogʻi xarj qilgʻil ani...” satrlaridagi “maxzan” soʻzi ham shu soʻz. Bu soʻzning shakliga diqqat bilan qaralsa, uning tarkibida “xazina” soʻzining borligini sezish mumkin. Bu soʻzning tub ildizi “saqladi”, “toʻpladi” degan maʼnoni anglatgan. Diqqat savol, gap qaysi soʻz haqida ketmoqda?

Manba