gotquestions.online

Navaxo tilida koʻplab mamlakatlar uchun oʻz nomlari bor. Masalan, Irlandiya — Bitsiigha' Łichíí'í Bikéyah, soʻzma-soʻz 'uning-sochi qizil-boʻlgan uning-mamlakati', yaʼni 'malla sochli kishining mamlakati'. Yoki Germaniya — Béésh Bich'ahii Bikéyah, soʻzma-soʻz 'metall uning-shlyapasi-boʻlgan uning-mamlakati' (ch'ah — 'shlyapa, qalpoq'). Mana yana navaxo tilidagi toʻrtta davlat nomi (alifbo tartibida): 1. Béésh Łichíi'ii Bikéyah 2. Béésh Łigaii Bikéyah 3. Dziłigaii Bikéyah 4. Dziłizhin Bikéyah. Oʻsha davlatlar oʻzbek tilida: Albaniya, Argentina, Kipr, Chernogoriya. Mamlakatlarni raqamlarga muvofiq joylashtiring.

Manba