Bir safar Maykl Pakkard ismli inson oʻz hamkasbi bilan lobster ovlash uchun suvga shoʻngʻiganida qandaydir turtkini his qiladi va atrofi qorongʻulashib ketadi. Taxminan 30-40 soniyalardan keyin bu qorongʻulik yoʻqoladi va sherigi uni suvdan olib chiqadi. Ushbu voqea haqidagi bir videoning izohlarida bir necha bor eramizdan avvalgi VIII-asrda, Iroq hududida tugʻilgan inson eslab oʻtilgan. Savol: Ushbu inson kimligini yozing.