Aytishlaricha, 14-asrda oʻrmonda ov paytida, oʻlja ortidan quvayotgan ov kuchugi issiq suvli bir xavzaga tushib ketadi. Uning ovozi ortidan yetib kelgan ovchilar itni chiqarib olishadi va suv manbasi haqida bu insonga xabar berishadi. Oʻzining zaif sogʻligʻi bilan tanilgan bu odam shifokorlar bilan birga bu yerga yetib kelib, issiq buloq xavzasida choʻmiladi va oʻzining kasal oyogʻini tuzatib oladi. Diqqat savol: bu insonning ismini ayting?