Avstriyada sayohat qilgan fransuz yozuvchisi Onore de Balzak nemis tilini yetarli darajada bilmasligi sababli manzilga eltib qoʻyadigan ot aravalarning haydovchilariga qancha miqdorda yoʻl haqi toʻlash borasida koʻpincha qiyinchiliklarga duch kelgan. Bunday vaziyatdan chiqish uchun Balzak oʻziga xos usul oʻylab topadi: yaʼni yozuvchi tangalarni birin-ketin haydovchining qoʻliga bera boshlaydi hamda buni sezishi bilan bergan tangalaridan bittasini qaytarib oladi. Savol: Balzak haydovchiga yetarlicha yoʻl haqi berganligini qanday bilib olgan?