Asosiy voqealari XV-asrda sodir boʻladigan "Parij Bibi Maryam ibodatxonasi" asarining bir epizodida "Siz tikayotgan kashtadagi rasmda nima aks etgan?" degan savolga personaj Flyor-de-Lis "Neptun gʻori" deya javob beradi. Ushbu dialogni oʻqirkan, savol muallifi UNI esga oladi. Sizga tarqatma material qilib berilgan surat ham U haqidagi Vikipediya maqolasidan olingan. Savol: U oʻrnidagi yunoncha soʻzni yozib bering.