Asli oʻzbekistonlik boʻlgan bir odam Rossiyadagi voqealar sababli yana Oʻzbekistonga qaytishga majbur boʻldi. Toshkent, bu yerdagi sharoitlar, narx-navo, odamlar haqidagi layf videoda «oddiy samimiy odamlar... men ketayotganimdagi odamlardan unchalik oʻzgarishmagan» degan gaplarni aytadi. Odamlarni faqat bir narsa oʻzgartirganini qoʻshimcha qilib, oʻtgan asr ikkinchi yarmida nashr etilgan rus yozuvchisi asaridan iqtibosni oʻzgartirib keltirib oʻtadi. Oʻsha iqtibosni asarda aytgan qahramon ismini toping