zakovatklubi.uz

Asosiy voqealari «baxtini tuproqqa koʻmib kelgan» qahramonning uyiga qaytishi bilan boshlanadigan asarda muallif Sovet ittifoqining zohiran tinch, turgʻunlik, oʻz yoʻlida beozor taraqqiy etib borayotgandek tuyuladigan hayoti aslida chirkin, fojeali voqealarga duch kelgan kishilar, singan taqdirlar, ziddiyatlardan iborat ekanini haqqoniy ochib berishga harakat qilgan. Paradoks shundaki, jamoalar javobni topishsa asar nomini koʻrishi mumkin. Gap qaysi asar haqida ekanini toping.

Manba