Boshlovchi: Bugungi rang-barang paketimizning soʻnggi savoliga oʻtamiz! Hollivudda eng mashhur etikdoʻz hisoblangan Paskal Di Fabritsio Silvestr Stallone, Robert de Niro, Nikol Kidman kabi mashhurlarga 500-4000 $ oraligʻidagi narxlarda poyabzallar tayyorlaydi. Shu sababli baʼzan Fabritsioni X ga oʻxshatib, hazillashib pulini Y da yashirishi aytiladi. Siz esa X ni emas, Y ni javob kartangizga yozing.