Ishbilarmon insonning ushbu kiyim-kechak buyumi uchun xotirjam, neytral tuslar, och kulrangdan koʻmir rangigacha, och jigarrangdan qovurilgan kofe rangigacha, koʻkning barcha soyalari, zaytun rang, xira zumrad rang, qora va toʻq bordo ranglar tavsiya etiladi. Naqshi mayda va juda uygʻun boʻlishi kerak: tartibli gerblar, firma belgilari, nuqtalar... Nina Ricci, Versace, Gianfranco Ferre kabi firmalarning eng nufuzli modellari 50-120 dollar turadi. Har kunlik foydalanish uchun Bally, Burlington, Faike, Labonal kabi firmalarning mahsulotlarini 30-35 dollar atrofida sotib olish mumkin. Bu nima?