zakovatklubi.uz

Alfaning qanchalar xavfli ekanligini Gabriel Garsia Markesdan soʻrashingiz ham mumkin. Oʻz paytida Veronika Kastro talqinidagi boshqa alfa oʻzbek tomoshabinlarini sehrlab qoʻygandi. Agar siz Alfa nimaligini topgan boʻlsangiz, uning xorijiy tildagi tarjimasini ism qilib olgan mashhur oʻzbekistonlik sanʼatkorning ism-familiyasini yozib bering. || Bettani baʼzi yevropa xalqlarida xosiyatsiz deyishadi. Vampir giyohi, qabr oʻsimligi deb ataladigan bettaga bagʻishlab Choʻlpon alohida sheʼr bagʻishlagan. Betta nimaligini topgan boʻlsangiz bettaning xalq tilidagi variantidagi ism bilan mashhur boʻlgan sanʼatkor ism-familiyasini yozib bering || Lyambdaga hammaning ishi bor. Yetmaganiga uning oldiga kishmish bilan borishadi. U esa Koʻzi otashiga olib, dilu jon bilan nola qiladi. Bobur gʻazalida ham lambda juda mehr bilan kuylanadi. Agar siz lyambda ni topgan boʻlsangiz, “Oʻzbekcha raqs”ni qoyilmaqom qilib oʻynagan lyambda ism-sharifini yozib bering.

Manba