Alfa arab alifbosida oʻn oltinchi oʻrinda eslab oʻtiladi. Abjad hisobida 300 adadi aynan ALFAga tegishli. Diqqat, savol: ALFAni aniq qilib yozib bering. || Betta suyak, boʻgʻim, yumshoq toʻqimalar shikastlanganda va kasallanganda ularni qimirlatmay qoʻyish, yaʼni immobilizasiya maqsadida ishlatiladigan moslama. BETTA metall, gips, taxta, plastmassa va boshqalardan tayyorlanadi. U qoʻyilganda singan oyoq va qoʻl ogʻrigʻi kamayadi. Suyaklar bilan yumshoq toʻqimalar shikastlanishining oldi olinadi. Bettani aniq qilib yozib bering. || Gamma turkcha soʻz boʻlib, siyrak va mehrli maʼnosini bildiruvchi ism sanaladi. Odatda, u bolalar, kuchukchalar va mushuklarga qoʻyiladi. Sezen Aksu, Abakar Eskiyev, Begzod Ismoilov, Rayhon Gʻaniyeva, Sevinch Ismoilova repertuarida ham bu soʻzni uchratishimiz mumkin. Diqqat, savol: Gamma oʻrnidagi soʻzni yozib bering.