Abdulla Qahhorning “Dumli odamlar” hikoyasida Oʻzbekistonga xorijdan kelgan jurnalist giddan shov-shuvli maqola uchun dumli odamlarni topib berishni soʻraydi. Gid dumli odamlar boʻlmasligini tushuntirishga harakat qilsa, jurnalist xafa boʻladi va “Sening hukumating butun mamlakat ustiga ALFA tortgan”, deydi. Savol: ALFA bilan almashgan ikki soʻzni toping.