Savol matnida bir soʻzdan bir necha harf tushib qolgan. Bu udumga koʻra bir necha yalangoyoq, kambagʻal bir joyga toʻplanib osh damlagan. Biri goʻsht sotib olgan, boshqa biri dumba, uchinchisi – guruch va hokazo. Bu udum xalqimizda ALFA deb atalgan. Rustam Gʻoipov, Rahmatjon Qurbonov, Xayrulla Lutfullayevlar “ALFA”ning mehmonlari boʻlishgan. Savol: Harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering.