Diqqat, «Asparaguslar guldastasi». Qarshingizda Eduar Mane qalamiga mansub «Asparaguslar guldastasi» yoki boshqacha atalishi — «Sparija bogʻlami» natyurmorti. Mane ushbu asarni 800 frankka sotuvga qoʻygan. Rassom pulga muhtoj edi va noshir Sharl Efrussi asarni 1000 frankka sotib olganini bilgach, cheksiz shod boʻldi. Rassom noshirga qanday minnatdorchilik bildirdi?
Qoʻshimcha sparija tasvirlangan ikkinchi rasmni chizib berdi