Aytishlaricha, savol muallifi ishlaydigan oliy oʻquv yurti sovet davrida oʻz nomiga turgʻunlik davrining eng yirik siyosiy arboblaridan biri, KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzosi, ikki karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Saratov viloyatida tugʻilgan shaxsning nomini qoʻshishiga bir bahya qolgan. Xvalinskda — savol qahramonining tugʻilgan shahrida, hatto uning muzeyi ham faoliyat koʻrsatgan. Qayta qurish davrida ushbu muzey "Vzglyad" koʻrsatuvi eʼtiborini tortdi va shaharga 8 kishidan iborat teleguruh yuborildi. Partiya rahbariyati "muqaddas nomni" sharmanda qilmoqchi ekanliklarini bilgach, viloyat qoʻmitasi shahar qoʻmitasiga bosim oʻtkazdi va "vzglyadchilar" kelishidan bir kun oldin ekspozitsiya yigʻishtirib olindi. Jamoatchilik fikri ushbu shaxsga bergan norasmiy "unvonni" ayting.