BU narsa qadimgi Misr relyeflarida tasvirlangan. Birma qirolining unvonlaridan biri "Buyuk BU narsaning hukmdori" bo'lgan va faqat monarx o'sha narsaning oq ranglisiga egalik qilish huquqiga ega edi. Amerikada esa, XVIII asrning 70-yillarida ushbu g'alati moslamani ko'rganda otlar hurkib ketgan, xonimlar qichqirib hushidan ketgan, bolalar va mard erkaklar esa "yovuz"ni toshbo'ron qilishgan. Bizning davrimizda bir ayol BU narsa yordamida ko'p muammolarni hal qilish mumkinligini ta'kidlagan. Uning fikricha, eng asosiysi nima edi?
"Eng muhimi uydagi ob-havo". Qolgan hamma narsani esa SOYABON yordamida hal qilsa bo'ladi...