1999-yil 6-iyunda Mechnikov nomidagi Peterburg tibbiyot akademiyasining ikki ruandalik talabasi oʻgʻil koʻrishdi. Dada — Sirill Dusengamongu va ona — Karitas Mukunde, yotoqxona nazoratchisi Emiliya Anatolyevnaning taklifi bilan bolaga juda jarangdor va loʻnda, garchi gʻayritabiiy boʻlsa-da, ism qoʻyishga qaror qilishdi. Ammo FHDYOda negadir bu gʻoyani munosib baholashmadi va chaqaloqqa anʼanaviyroq ism qoʻyishga toʻgʻri keldi. Biroq qatʼiyatli Emiliya Anatolyevna taslim boʻlmadi va eng yuqori idoralarga murojaat qildi — uning xati Peterburg vitse-gubernatorigacha yetib bordi. Va nihoyat, chaqaloqqa ota-onasi juda xohlagan ism yozilgan tugʻilganlik haqidagi guvohnoma "topshirildi". Qaysi ism?