1999-yil kuzida Sankt-Peterburg gubernatori Yakovlevning qabuliga Ugandadan kelgan talaba yigit va qiz bir iltimos bilan kelishdi: yangi tugʻilgan chaqaloqlariga oʻzlari tanlagan ismni qoʻyishga ruxsat berishini soʻrashdi, chunki FHDYO va boshqa idoralarda bunday ism yoʻqligini aytib, roʻyxatga olishni rad etishgan edi. Oxir-oqibat, ish ijobiy hal boʻldi. Familiyasi Dusunmukun de boʻlgan bolakay qanday ism oldi?