U oʻzining xizmat va adabiy faoliyatini Galliyada ofitser va otliqlarni oʻqitish boʻyicha traktat muallifi sifatida boshlagan. 37 jildlik "Tabiat tarixi" muallifi boʻlgan bu inson bir daqiqa ham vaqtini bekor oʻtkazmagan — hatto hammomda yoki Senatga ketayotganda ham quli yonida turib unga biror qoʻlyozmani oʻqib bergan. Rim floti qoʻmondoni boʻlgan bu insonning tinimsiz qiziquvchanligi uning boshiga yetdi: uning kemasi Neapol yaqinida turganda... Nima sodir boʻlgan edi?