U oʻzining xizmat va adabiy faoliyatini Galliyada ofitser va otliq qoʻshinlarni oʻqitish boʻyicha traktat muallifi sifatida boshlagan. 37 jildlik "Tabiat tarixi" muallifi boʻlgan bu inson bir daqiqa ham vaqtini bekor oʻtkazmasdi — hatto hammomda yoki Senatga borish yoʻlida ham quli yonida boʻlib, unga biror qoʻlyozmani oʻqib berardi. Rim floti qoʻmondoni boʻlgan bu insonning tinib-tinchimas qiziquvchanligi uning boshiga yetdi: uning kemasi Neapol yaqinida turganda... Xoʻsh, nima sodir boʻlgan edi?