Kengligi 36 metr va chuqurligi 35 millimetr boʻlgan koʻlmakni tasavvur qiling. Endi koʻlmak ostidagi yerda, 35 millimetr chuqurlikda, bir-biridan bir kaft masofada oddiy qalam kengligidagi ikkita trubka, ularning oʻrtasida esa diametri 5 millimetr boʻlgan yana bir trubka yotqizilganini tasavvur qiling. Tasavvur qildingizmi? Endi trubkalarning uchlarini ikki chetidan 8 santimetrga koʻtaring va siz yaqinda ishga tushirilgan inshootning 1000 marta kichraytirilgan nusxasini olasiz. Gap nima haqida ketmoqda?