Bir asar qahramoni U narsani ilk bora koʻrganida Uni “qorda qolib ketgan gigant toshbaqa”ga oʻxshatgan. Uni qurish haqidagi yoʻriqnoma maqolalardan birida aytilishicha, ishni 70 sm kengligida va 60 sm chuqurlikdagi xandaq qazishdan boshlash kerak. 2100 mm diametrli chizilgan aylana esa sizga ishni aniqlikda bajarishga yordam beradi. Savol: Uni xorijiy soʻz bilan yozib bering. || Koʻpincha balandligi 2.5-3 metr boʻladigan U koʻchma va stasionar tarzda boʻlib, gumbaz yoki konussimon qilib quriladi. Kichiga 3 kishidan 12 kishigacha, kattasi 30 kishigacha odamni sigʻdira oladi. U algonkin yoki sharqiy abenak tilidan kelib chiqqan ekan.