Ikkinchi jahon urushining taniqli nemis asi Erik Xartmann 352 ta g‘alabaga erishgan, shu bilan birga uning o‘zi biror marta ham urib tushirilmagan. U o‘z sirini hech qachon murakkab janglarga kirmasligi, quyosh tomondan kelishni afzal ko‘rishi, to‘pponchadan o‘q uzish masofasigacha (50-70 metr) yaqinlashib, aniq zarba berishi bilan tushuntirgan. Qiziq tomoni shundaki, Xartmann baribir o‘zining shikastlangan samolyotini 15 marta qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. 10 marta unga zenit qurilmalari shikast yetkazgan yoki texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. Xo‘sh, u yana besh marta nima sababdan majburiy qo‘nishni amalga oshirgan?
Urib tushirilgan samolyotlarning parchalari tegib shikastlagani sababli.