[Oʻquvchiga: har ehtimolga qarshi sonlar qanday oʻqilishini eslataman: 310/71 — yetmish birdan uch yuz oʻn, 31/7 — yettidan oʻttiz bir, 3 10/71 — uch butun yetmish birdan oʻn, 3 1/7 — uch butun yettidan bir] Diqqatli boʻling: savol matnida sonlar mavjud. Grolier ensiklopediyasining Arximed haqidagi maqolasida yozilishicha, Arximed murakkab hisob-kitoblar yordamida pi sonining pastki va yuqori qiymatlarini mos ravishda 310/71 va 31/7 deb topgan. Tabiiyki, bu texnik xato, chunki pi soni bu ikkala sondan ham ancha kichik. Arximed aslida pi soni uchun qanday pastki va yuqori qiymatlarni topgan edi?