Pifagor maktabida sonlar bilan shugʻullanishni juda yaxshi koʻrishgan. U yerda ilk bor sonlar tub va murakkab, juft va toq va hokazolarga ajratilgan. Bundan tashqari, 1; 3; 6; 10; 15; ... uchburchakli sonlar, 1; 4; 9; 16; 25; ... kvadrat sonlar, beshburchakli va boshqalar ajratib koʻrsatilgan. Xoʻsh, 1; 4; 10; 20; 35... ketma-ketligidagi sonlar qanday ataladi?