Liverpullik metallolom savdogari Maykl Barret tasodifan kimdir Jeyms Meydrikning qaydlarini topib olganini da’vo qilgan. Bu qaydlarda Meydrik 1888-yil 31-avgustdan 9-noyabrgacha Londonda nimalar bilan shug‘ullangani tasvirlangan edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, Barret kundalikni o‘zi yozganini tan oldi. Britaniya jamoatchiligi bu iqrordan keyin uzoq vaqt o‘ziga kela olmadi. Barret o‘zini kim deb ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘sha shaxs tarixga qanday laqab bilan kirgan?