Liverpullik metallolom sotuvchisi Maykl Barret tomonidan tasodifan topilgan Jeyms Meydrikning qaydlari uning 1888-yil 31-avgustdan 9-noyabrgacha Londonda nima bilan shugʻullangani haqida hikoya qilardi. Biroq bir yildan koʻproq vaqt oʻtgach, Barret kundalikni birinchi sahifasidan oxirgisigacha oʻzi yozganini tan oldi. Britaniya jamoatchiligi bu iqrordan uzoq vaqt oʻziga kela olmadi. Shunga qaramay, Barret oʻzini kim deb koʻrsatgan boʻlsa, oʻsha shaxs tarixda mustahkam qoldi. Butun dunyo uni qanday ataydi?