Odamlar bu oʻsimlikni 3000 yildan beri bilishadi. Uning vatani deb goh Misr, goh Arabiston, goh Hindiston hisoblanadi. Umumiy maʼlum boʻlgan qoʻllanilishidan tashqari, u shifobaxsh hisoblanadi va tibbiyotda quyidagicha ishlatiladi: a) shokda, koʻp qon yoʻqotilganda — undan tayyorlangan preparat vena ichiga yuboriladi; b) hatto margimush yoki strixnin kabi dahshatli zaharlar bilan zaharlanganda ham (va tasavvur qiling, yordam beradi); v) teri kasalliklarida; g) nevralgiya, radikulitda; d) valokordin yoki validol boʻlmaganda ushbu oʻsimlik barglarining qaynatmasidan foydalanish mumkin. Ammo bu oʻsimlikning har doim dushmanlari koʻp boʻlgan. Mashhur Likurg ham, Fiva podshohi Pentey ham, paygʻambar Muhammad ham, sobiq Politbyuro ham unga qarshi boʻlgan. Bu qaysi oʻsimlik?